21/10/2026

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimiz xorijga  qiymati 106,0 mln AQSH dollarilik toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.

Bu koʻrsatkich jami eksportning 30,6 % ini tashkil etadi.

Toʻqimachilik mahsulotlari eng koʻp eksport qilingan davlatlar:

Rossiya – 47,2 mln dollar

Qozogʻiston - 29,3 mln dollar

Turkiya – 17,1 mln dollar

Xitoy – 3,5 mln dollar

Eron – 2,1 mln dollar.

Toʻqimachilik mahsulotlarining 50,0 % ulushi paxta va paxta mahsulotlari hissasiga toʻgʻri kelgan.

 

 Axborot xizmati