20/10/2026

🗓️ 2026- yilning 15-oktabridan eʼtiboran  respublikamizda biznesni roʻyxatga olish tadbiri boshlandi.

💼 Roʻyxatga olish ishlari statistika tizimi xodimlari va mahallalarning hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilmoqda.



❗ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF–190-son Farmoniga muvofiq, joriy yilning 30-noyabriga qadar davom etadigan ushbu tadbir natijasida mamlakatimizdagi barcha iqtisodiy birliklar (korxona va tashkilotlar, YATT lar, dehqon va fermer xoʻjaliklari, oʻzini-oʻzi band qilganlar, norasmiy faoliyat yuritayotgan subyektlar) haqida toʻliq va ishonchli maʻlumotlar shakllantiriladi.



🔍 Roʻyxatga olish natijasida olingan maʼlumotlar respublikamizning yangi va yagona biznes registrini shakllantirish uchun asos boʻladi hamda iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda muhim manba boʻlib xizmat qiladi.

 



Axborot xizmati