Viloyatimizda 2026- yilning 8 oyida 334,6 mlrd soʻmlik ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari amalga oshirildi.

Oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan hajmning 25,3 % oʻsishi qayd etildi.
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari umumiy hajmining 96,6 % ulushi yoki 323,2 mlrd soʻmi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga toʻgʻri kelgan va 2025-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 21,0 % ga oshgan.
Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan shu turdagi qurilish ishlari 11,4 mlrd soʻmni tashkil qilgan.
Axborot xizmati



