Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Xorazm viloyati bo‘yicha 2023- yilning yanvar-may oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 760,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-may oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 102,7 % darajada qayd etilgan.
Shundan, dehqon bozorlarda savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 376,6 mlrd so‘mni (112,2 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 384,0 mlrd so‘mni tashkil etdi (94,7 %).
Axborot xizmati