Bugun, 31- may kuni Xiva shahri, Yangiariq va Urganch tumanlarida aholiga yuk va yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning faoliyatini o‘rganishga yo‘naltirilgan tanlanma kuzatuv o‘tkazildi.
Kuzatuvda Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov (Urganch tumani), Statistika agentligi Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasining mutaxassisi O.Qalandarov hamda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiev (Yangiariq tumani va Xiva shahri) ishtirok etishdi.
Mazkur kuzatuvlar shaxsiy avtotransport egalari tomonidan yuk va yo‘lovchi tashish bo‘yicha kunlik qatnovlar soni, yo‘lovchi va yuk aylanmasi kabi muhim statistik ma’lumotlarni aniqlashga qaratilgan.