Statistika agentligining olingan idoraviy ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda 280,8 mingta tirik tug‘ilishlar qayd etilgan.
 
 Bu ko‘rsatkich, 2022- yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,7 % ga oshgan.
 
 2023- yilning yanvar-aprel oylarida tirik tug‘ilganlarning farzandlar ketma-ketligi bo‘yicha soni: 
 
 — Birinchi (to‘ng‘ich) farzand – 66,6 mingta
 
 — Ikkinchi farzand – 91,2 mingta
 
 — Uchinchi farzand – 80 mingta 
 
 — To‘rtinchi va undan keyingi farzand – 43 mingta.
 
Matbuot xizmati



