📊 Xorazm viloyati statistika boshqarmasining maʻlumotlariga koʻra, viloyat boʻyicha 2023- yilning yanvar-aprel oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 595,6 mlrd soʻmni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan oʻsish surʼati 105,3 % ga teng boʻlgan.
Shundan:
dehqon bozorlarining savdo hajmi 288,3 mlrd soʻmni (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 112,0 %),
chorva bozorlarining savdo aylanmasi hajmi 307,3 mlrd soʻmni (99,8 %) tashkil etdi.
Viloyat hududlari ichida uyushmagan savdo hajmining eng yuqori oʻsish surʼatlari Xiva shahri (2,2-marta), Qoʻshkoʻpir (148,3 %), Tuproqqalʼa (133,2%) va Yangiariq (127,9 %) tumanlari hissasiga toʻgʻri keldi.
Axborot xizmati