30/05/2023

📊 Xorazm viloyati statistika boshqarmasining maʻlumotlariga koʻra, 2023- yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimizda 206,9 mlrd soʻmlik aloqa va axborotlashtirish xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, eng katta ulush telekommunikatsiya xizmatlari (simli va mobil aloqa xizmatlari, internet tarmogʻi, yoʻldoshli aloqa xizmatlari va boshqalar) hissasiga toʻgʻri kelgan va 95,2 % ni tashkil etgan.

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari tarkibida telekommunikatsiya xizmatlaridan tashqari xizmatlarning ulushi:

boshqa aloqa va axbo-rotlashtirish xizmatlari – 2,3 %

noshirlik xizmatlari – 1,4 %

kompyuter dasturlashtirish xizmatlari – 1,1 %.

 

 

 

Axborot xizmati