📊 Xorazm viloyati statistika boshqarmasining maʻlumotlari boʻyicha, 2023-yilning yanvar-aprel oylarida norasmiy sektor tomonidan viloyat boʻyicha umumiy hajmi 369,2 mlrd soʻmlik qurilish ishlari amalga oshirilgan.
Bu koʻrsatkich jami qurilish ishlarining 27,6 %ini tashkil etgan.
2022- yilning mos davriga nisbatan norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 5,4 %ga oshgan.
Axborot xizmati