18/05/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yil yanvar- mart oylarida Urganch tumaniga doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar soni 511 kishi (har 1000 aholiga nisbatan 9,9 promille)ni tashkil etgan.

Bu viloyat bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Urganch tumanidan shu davr ichida 358 kishi ko‘chib ketgan.

Ma’lumot uchun: Xorazm viloyati bo‘yicha doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar jami soni 2 079 kishini, ko‘chib ketganlar 2 493 kishini, migratsiya saldosi minus 414 kishini tashkil etdi.

 

Axborot xizmati