28/04/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  Xorazm viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovaraylanmasi hajmi 1 925,5 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich 2022- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 1,1 % ga ko‘paygan.

Viloyat miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 91,6 % ni tashkil etgan.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining eng yuqori o‘sish sur’atiga ega hududlar:

Xiva shahri – 109, 2 %

Qo‘shko‘pir tumani – 107,6 %

Tuproqqal’a tumani – 107,3 %

Shovot tumani – 106,3 %

Hazorasp tumani – 104,7 %.

 

 

Axborot xizmati