Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari

 

O'z mehnat faoliyatini 1992-yilda Urganch avtomobil yo’llari texnikumida o’qituvchi bo'lib ishlasdan boshlagan U.Bardiyev 1993-1996-yillarda "O'zgo’shtsut maxsus avtotrans" ishlab chiqarish birlashmasiga qarashli Urganch avtokorxonasi iqtisodchisi, 1996-2002-yillar davomida esa "Xorazmuy-joy qurilish" trestiga qarashli ishlab chiqarish texnologik boshqarmasi iqtisodchisi bo'lib ishladi.

Bir necha yil davomida tadbirkorlik sohasida o'zini sinab ko'rgan U.Bardiyev ish faoliyatini 2010-yildan e'tiboran Xorazm viloyat statistika boshqarmasi bilan chambarchas bog'ladi. Statistika faoliyatini tashkil etish va yig’ma ishlar bo’limi 1-toifali mutaxassisi, Moliya va narx statistikasi bo’limi yetakchi mutaxassisi, Narx statistikasi bo’limi boshlig’i vazifalarida samarali mehnat qildi.

U.Bardiyev 2018-yildan buyon Xorazm viloyat statistika boshqarmasi Xizmatlar sohasi statistikasi bo’limi boshlig'i lavozimida ishlab keldi. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi rahbariyatining ijobiy xulosasiga binoan Bardiyev Umar Usmanboyevich Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig'ining 1-o'rinbosari vazifasini bajaruvchi qilib tayinlandi.

U.Bardiyev 2022- yilning 20- apreldan e’tiboran Xorazm viloyati statistika boshqarmasi o'rinbosari vazifasini bajarib kelmoqda.