Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari

 

Egamov Xakimboy Madrimovich 1979- yilning 30- noyabrida Xorazm viloyatining Urganch tumanida tug‘ilgan. Millati-o‘zbek. Ma’lumoti-oliy. 2003- yilda O‘zbekiston Milliy universitetining iqtisodiyot fakultetini menejment  mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.

    X.Egamov mehnat faoliyatini 2006- yilda Bog‘ot tumani Davlat soliq inspeksiyasi uchastka soliq inspektori vazifasida boshlagan.

    2008-2009- yillarda Xorazm viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasida bosh  mutaxassis lavozimida faoliyatini davom qildirgan.

    2009- yildan 2016- yilgacha Xorazm viloyat statistika boshqarmasi Kadrlar va maxsus ishlar bo‘limi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan.

    O‘zini  bilimli va yuklatilgan har qanday vazifaga mas’uliyat bilan yondoshuvchi mutaxassis sifatida ko‘rsata olgan X.Egamov 2016-2017- yillarda statistika idoralaridagi faoliyatini Xiva         tumani statistika bo‘limi boshlig‘i vazifasida davom ettirgan.

     2017- yildan 2021- yilgacha bo‘lgan davrda Xiva shahar statistika bo‘limini boshqargan.

    2021- yildan 2022- yilgacha bo‘lgan davrda Xorazm viloyati statistika boshqarmasini boshqargan.

Xakimboy Egamov 2022- yilning 20- apreldan e’tiboran Xorazm viloyati statistika boshqarmasi birinchi o'rinbosari vazifasini bajarib kelmoqda.

.