Oʻtamuratov Asfandiyor Rustamovich 1979- yilning 13- noyabrida Xorazm viloyatining Gurlan tumanida tugʻilgan. Millati-oʻzbek. Maʻlumoti-oliy. 2000- yilda Urganch davlat universitetini, 2002- yilda Toshkent Arxitektura va qurilish instituti magistraturasi bosqichini tugatgan.
A.Oʻtamuratov mehnat faoliyatini 2003- yilda Urganch shahridagi “Feruz-Xorazm” OAJ da iqtisodchi vazifasida boshlagan.
2008- yilda “DIYOR DESING GROUP” xususiy korxonasiga rahbarlik qilgan.
2008- yildan 2009- yilgacha Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Statistika faoliyatini tashkil etish va yigʻma ishlar boʻlimi bosh mutaxassisi boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari,
2009-2010- yillarda boshqarmaning Turmush daraja va uy xoʻjaligi kuzatuvlarini oʻrganish boʻlimi boshligʻi v.b., boʻlim boshligʻi,
2010-2013- yillarda - Statistika faoliyatini tashkil etish va yigʻma ishlar boʻlimi boshligʻi,
2013-2019- yillarda - Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari,
2019-2021- yillarda - Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi,
2021- yilda – Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Xorazm filiali yetakchi mutaxassisi,
2021-2022- yillarda – Xorazm viloyati statistika boshqarmasining Sanoat statistikasi hamda Statistika faoliyatini tashkil etish va yigʻma ishlar boʻlimlari boshligʻi vazifalarida mehnat qilgan.
Asfandiyor Oʻtamuratov 2022- yilning 5- may sanasidan eʻtiboran Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajarib kelmoqda.