2021- yilning 10 oyida viloyatda ulgurji savdo tovar aylanmasining jami hajmi 2 463,6 mlrd. so‘mni tashkil etib,  2020- yil yanvar-oktabr oylariga nisbatan  1,1 % ga oshgan.

Joriy  yilning  yanvar-oktabr oylarida  viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan  dehqon va chorva (parranda) bozorlarida tanlanma kuzatuv o‘tkazilgan.

2023- yilda butun mamlakatimiz miqyosida o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olishning mohiyatini fuqarolarimizga tushuntirish va keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib qilish maqsadida tashkil etib kelinayotgan tadbirlar viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.

Xorazm viloyati aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 57,9 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (17,8 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (40,1 %) o‘z ichiga oladi.

2021- yilning 9 oyida tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan  asosiy kapitalga 480,8 mlrd. so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi.

2021- yil yanvar-sentabr oylarida viloyatda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 3 900,5 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.

2021- yilning 1- noyabr holatiga viloyatda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 10 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona faoliyat ko‘rsatgan.

2021- yilning 10 oyida sanoat korxonalari tomonidan iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha 2 144,0  mlrd.so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2021- yilning  yanvar-oktabr oylarida viloyatdan xorijga umumiy qiymati 92,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan sanoat tovarlari eksport qilingan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning noyabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,2 % ga qimmatlashdi.

2021- yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,7 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha ko‘rinishni hosil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.

2021- yilning yanvar-oktabr oylarida  viloyatning Turkmaniston bilan tashqi savdo aylanmasi hajmi 9,5 mln AQSh dollarini tashkil etgan.

       2021- yilning yanvar-oktabr oylarida hududlar kesimida iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi:

2021- yilning 10 oyida  viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 5 485,9 mlrd.so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan, 2020- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 109,0 % ni tashkil qilgan.

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatda umumiy hajmi 1 373,6 mlrd.so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida 3 257 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan.

2021- yilning yanvar-oktabr oylari holatiga o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 4 266,7 ming so‘mni tashkil qilgan.