30/11/2021

2021- yilning yanvar-oktabr oylari holatiga o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 4 266,7 ming so‘mni tashkil qilgan.

2020- yil yanvar-oktabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 107,5 % darajada qayd etilgan.

Hududlar bo‘yicha yuqori o‘sish sur’ati Yangibozor (117,8 %), Bog‘ot (116,2 %), Gurlan (115,3 %), Shovot (115,2 %) tumanlarida kuzatilgan.

Aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasida yuqori hajmlar esa Urganch shahri (16,5 mln.so‘m), Gurlan (4,5 mln. so‘m) va Hazorasp (4,2 mln. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

                                                                 Axborot xizmati