2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 2 093,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 13,2 % ga o‘sdi.

2021- yil yanvar-noyabr oylarida viloyatda o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi  4 874,9 ming so‘mni (2020- yil yanvar-noyabr oylariga nisbatan  8,5 % ga oshdi) tashkil qilgan.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatda 5 999,9 mlrd. so‘mlik xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, 2020 - yilning  yanvar- noyabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 104,1 % ni tashkil etdi.

2021- yil 1- dekabr holatiga tashish va saqlash sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 821 tani tashkil qilgan.

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatda 380,8 mlrd.so‘mlik  aloqa va axborotlashtirish xizmatlari ko‘rsatilgan va jami xizmatlar hajmida 5,0 % ulushga ega bo‘lgan.

2021- yilning 11 oyi yakunlari bo‘yicha  sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlarning hajmi 150,9 mlrd.so‘mni tashkil qilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 13,8 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 689 ta elektromobil import qilingan.

  2021- yilning yanvar-noyabrida import qilingan tovarlar hajmi, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4,1 mln. AQSh dollariga koʻpaygan va 258,9 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

2021- yil yanvar-noyabr oylarida   sanoat  ishlab  chiqarish tarkibida asosiy iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha eng katta ulush 9 849,4 mlrd.so‘m hajmga teng bo‘lgan ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelgan va  96,077 %  ni tashkil etgan.

2021- yilning  1- yanvar-noyabr oylarida  viloyatda 4 194 ta korxona va tashkilot yangi tashkil etilgan.

 Shu yilning 11 oyi yakunlari bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlari hajmida  norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 36,0 % ni tashkil etgan yoki 1 305,3 mlrd. so‘m miqdorida qayd etilgan.

2023- yilda o‘tkaziladigan yalpi aholini ro‘yxatga olish tadbirining targ‘ibotiga qaratilgan uchrashuv va davra suhbatlari viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 55,2 % ni tashkil etgan. 

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatdagi jami qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 465,8 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

  2021- yil yanvar-noyabr oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 325,7 mlrd. so‘mga yetgan va bozor xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi 4,3 % ni tashkil etgan.

 2021- yilning  11 oyi yakunlari bo‘yicha viloyat MDH davlatlariga umumiy qiymati 52,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilgan.

2021- yil yanvar-noyabr oylarida  viloyatda sanoat ishlab chiqarish fizik hajm indeksining  112,1 %  ga o‘sishi kuzatilgan.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida hududlar kesimida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi: