Joriy yilning 3 oyida viloyat bo‘yicha ijara xizmatlarining umumiy hajmi 56,8 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,1 %ga oshgan.

2023-2024- o‘quv yili boshiga viloyatimizda faoliyat yuritayotgan umumta’lim tashkilotlarida  ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni oldingi o‘quv yiliga nisbatan 6,5 ming nafarga oshgan va 372,2 ming nafarni tashkil qilgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi o‘rtacha 1 817,2 ming so‘mni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida xizmatlar sohasining yalpi qo‘shilgan qiymati hajmi 3 246,8 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan  viloyatimizda 2024- yilning yanvar-mart oylarida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 169,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.  

Xorazm viloyati doimiy aholisi sonining 2019-2024- yillar (1- aprel holatiga) kesimida o‘zgarish dinamikasi:

2023- yil yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida axborot va aloqa bo‘yicha xizmatlar sohasida 445,2 mlrd so‘m miqdorda qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 24,0 % ga yuqoridir.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Sanoat statistikasi bo‘limi  mutaxassislari tomonidan joriy yilning aprel oyida viloyatda faoliyat olib borayotgan sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati bilan joyiga chiqqan holda tanishildi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, 43 327 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda kichik tadbirkorlik sub’ektlarining sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 176,5 trln so‘mni tashkil etgan.

2024- yilda  viloyatda 4 039 ta sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan 3 646 tasi kichik biznes subyektlaridir.

Viloyat bo‘yicha 2024- yilning yanvar-mart oyida ulgurji savdo tovar aylanmasi 1 322,8 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 8,5 % ga o‘sdi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyat korxonalari tomonidan 5 265,5 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 104,1 % ni tashkil etdi.

Xorazm viloyatida 2024- yil yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalari hajmi 2 489,6 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2023-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 137,0 % ni tashkil etdi.

2024-yil yanvar-mart oylarida  viloyat bo‘yicha 9 628 ta bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda  1000 nafar aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 19,4 promilleni tashkil etdi.

Viloyatda 2024- yilning 1- aprel holatiga aholi zichligi 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 331 kishi to‘g‘ri kelgan.

2024- yilning  1- aprel holatiga qurilish sohasida  faoliyat yuritayotgan 1 610 ta korxona va tashkilotning 1 592 tasini tadbirkorlik subyektlari tashkil qilgan.

2024- yilning  yanvar-mart oylarida  viloyatimizda 174 ta yangi xususiy korxona tashkil etilgan.