2024- yil yanvar-mart oylarida viloyatimiz tashqi savdo tovar aylanmasi tarkibida yuqori ulushga ega davlatlar:

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimiz sanoatida 1 331,7 mlrd so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida viloyat hududlari kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajm Qo‘shko‘pir (422,4 mlrd so‘m), Urganch (410,1 mlrd so‘m) va Xonqa (375,5 mlrd so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda asosiy kapitalga tijorat bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 92,0 mlrd so‘m investitsiya o‘zlashtirilgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizdan 3 028 ta ko‘chib ketganlar qayd etilgan bo‘lib, har 1 000 aholiga  ko‘chib ketish koeffitsiyenti 6,1 promilleni tashkil etgan.

Viloyatimizda 2024-yilning yanvar-mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 103,6 %ni tashkil qildi.

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyat bo‘yicha 954,4 mlrd so‘mlik yangi qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, umumiy hajmning hududlar kesimidagi ko‘rsatkichi quyidagicha bo‘lgan:

2024-yil 1-yanvar holatiga respublika bo‘yicha  umumfoydalaniladigan temir yoʻllar uzunligi 4 839,7 km ni tashkil etdi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasining eksport hajmi qariyb 6,4 mlrd AQSH dollariga yetgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda 276 ta yangi oilaviy korxona tashkil etilgan bo‘lib, iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra tarkibi quyidagicha bo‘lgan:

2024- yil yanvar-mart oyi holatiga koʻra, viloyatimizning MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi  66,7 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizdagi sanoat korxonalari tomonidan  688,5 mlrd so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Xorazm viloyatida joriy yilning yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 2 489,6 mlrd so‘mni tashkil qilgan va ushbu hajm hududlar kesimida quyidagicha o‘zlashtirilgan:

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatda markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan    2 346,4  mlrd so‘m yoki jami investitsiyalarning 94,3 %i o‘zlashtirildi.

Viloyatimizda 2024- yilning yanvar-mart oylarida FHDYO organlarida qayd etilgan nikohlar soni 5 038 tani tashkil etdi.

2024- yil yanvar-mart oylarida viloyat bo‘yicha doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar jami soni 2 707 kishini tashkil etdi.

2024- yilning 1- aprel holatiga viloyatimizda xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 18 237 tani tashkil etib, jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar sonida 70,1 % ulushga ega bo‘lgan.

2023-yilda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinfini 23,9 ming o‘quvchi bitkazgan bo‘lib, 2022- yil yakuniga nisbatan ularning soni 0,3 ming nafarga oshgan.