22/04/2024

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Sanoat statistikasi bo‘limi  mutaxassislari tomonidan joriy yilning aprel oyida viloyatda faoliyat olib borayotgan sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati bilan joyiga chiqqan holda tanishildi.

Jumladan, Urganch shahridagi “UzXMG” qurilish mashinalari ishlab chiqarish qo‘shma korxonasi, “Hvara” tibbiy dori vositalari ishlab chiqarish mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda Tuproqqal’a tumanidagi “Muzaffar kulol” temir mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan MCHJ da mahsulot ishlab chiqarish jarayoni o‘rganildi.

 

Axborot xizmati