Tuproqqal’a tumanida joriy yilning yanvar-iyun oylarida hajmi 4 536,3 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Shu yilning yanvar-iyun oylarida viloyatning import hajmi 243,2 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 23,1 %ga ko‘paygan.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida viloyat ishlab chiqaradigan sanoatida yirik korxonalar tomonidan 6,4 ming tonna o‘simlik yog‘i ishlab chiqarilgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan (2021- yilning yanvar-iyun oylarida 13,4 ming tonna) ishlab chiqarish hajmi 7,0 ming tonnaga kamaygan.

Xorazm viloyatida  joriy yilning 6 oyida 561,6 ming tonna sut yetishtirilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida nisbatan 0,9 %ga ko‘paygan.

2022– yilning yanvar– iyun oylarida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 34,6 ming tonna meva yetishtirilgan.

Shu yilning 4- avgustidan boshlangan uy-joy ro‘yxatini tuzish ishlari reja asosida davom etmoqda. Har bir registrator o‘ziga berkitilgan uchastkadagi turar va noturar joylarni xarita bilan taqqoslagan holda o‘rganib chiqmoqdalar.

Joriy yilning 11-  avgust  kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi  boshlig‘ining  o‘rinbosari U.Bardiyev Xiva shahar statistika bo‘limi boshlig‘i M.Razzoqov  bilan birgalikda  shu turdagi kuzatuvda ishtirok  etishdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning iyul oyida respublikamizda 79,7 ming tug‘ilish qayd etilgan.

Urganch tumanida joriy yilning 6 oyida 984,7 mlrd so‘mlik qishloq,o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Hazorasp tumanida joriy yilning yanvar-iyun oylarida  hajmi 347,9 mlrd so‘mga teng bo‘lgan bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.

Viloyatda 2022- yilning yanvar-iyun oylarida  aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 4317,2 ming so‘mga teng bo‘lgan.

Shu yilning yanvar-iyun oylarida  viloyatda respublika byudjeti hisobidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi  297,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,0 %ga kamaygan.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida viloyat importida eng yirik 7 ta hamkor davlatlarning import hajmi 227,5 mln AQSH dollarini  yoki 93,5 %ni tashkil etgan.

Xorazm viloyatida  2022- yilning yanvar-iyun oylarida chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish tashkilotlarining savdo aylanmasi 1,7 %ni tashkil etib, 91,9 mlrd so‘mga yetgan  va 2021- yil yanvar-iyun oylariga nisbatan 12,2 %ga oshgan.

Joriy yilning  yanvar-iyun  oylarida viloyatda 8 325,4 mlrd so‘mlik qishloq xo‘jalik  mahsulotlari ishlab chiqarilib, jami mahsulot hajmining xo‘jalik toifalari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha bo‘lgan (ulushi):

Hududlarda uy-joy ro‘yxatini tuzish ishlari reja asosida olib borilmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022- yilning yanvar-iyun oylarida 21 ta xorijiy davlatdan qiymati 21,8 mln  AQSH dollariga teng bo‘lgan 16,1 ming tonna choy import qilgan.

Shovot tumanida joriy yilning yanvar-dekabr oylarida asosiy kapitalga 177,4 mlrd so‘mlik investitsiya o‘zlashtirilgan bo‘lib, 2021-  yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,6 %ni tashkil qilgan.