11/08/2022

      Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning iyul oyida respublikamizda 79,7 ming tug‘ilish qayd etilgan.

Shundan 1920 nafarini 2 va undan ortiq egizak tug‘ilganlar tashkil etgan.

Iyul oyida hududlar kesimida egizak tug‘ilganlar soni:

  • Qoraqalpog‘iston R. – 72 nafar
  • Andijon viloyati – 152 nafar
  • Buxoro viloyati – 104 nafar
  • Jizzax viloyati – 91 nafar
  • Qashqadaryo viloyati – 198 nafar
  • Navoiy viloyati – 71 nafar
  • Namangan viloyati – 180 nafar
  • Samarqand viloyati – 239 nafar
  • Surxondaryo viloyati – 145 nafar
  • Sirdaryo viloyati – 36 nafar
  • Toshkent viloyati – 186 nafar
  • Farg‘ona viloyati – 212 nafar
  • Xorazm viloyati – 77 nafar
  • Toshkent shahri – 157 nafar

 Matbuot xizmati