Xorazm viloyatida  joriy  yilning yanvar-iyul oylarida  viloyatda  118,7 mlrd so‘mlik ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, umumiy hajmdagi ulushi 4,9 %ni tashkil qilgan.

Xorazm viloyatining 2022- yilning yanvar-iyul oylarida chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi  o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 77,5 %ga oshgan va  1 386,5 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

 2022- yilning   7 oyida viloyatda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning hududlar kesimidagi hajmi:

2022- yilning  yanvar-iyul oylarida viloyatda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari  tarkibida  aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining ulushi 5,1 %ni, jami hajmi 289,0 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish jarayonlaridan fotolavhalar (2022- yil 26- avgust)

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 8 ta xorijiy davlatga qiymati 9,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 438 ta yuk avtomobillarini eksport qilgan.

2022- yil yanvar-iyul oylarida  viloyat bo‘yicha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi o‘rtacha 3 442,1 ming  so‘mni  tashkil qilgan.

Joriy yilning 7 oyi yakuni bo‘yicha viloyatning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 437,4 mln  AQSH dollarini tashkil etib, 2021-  yilning mos davriga nisbatan 77,9 mln AQSH dollariga yoki 21,7 %ga ko‘paygan.

Xorazm viloyatida  2022- yilning yanvar-iyul oylarida  umumiy hajmi 1 708,4 mlrd so‘mlik  (jami qurilish ishlarining 69,9 %) bino va inshootlar qurilishi bajarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan  18,1 %ga oshgan.

2022- yilning   yanvar-iyul oylarida viloyatda 1 276,6 mlrd so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,6 %ni tashkil qilgan.

2022- yil  yanvar-iyul oylarida viloyatda avtotransport vositalari, treylerlar va yarim tirkamalar ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 40,9 %ni, fizik hajm indeksi  106,8 %ni hamda ishlab chiqarish hajmi  3 788,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.

  Bugun, 25- avgust kuni Xorazm viloyatining Urganch shahri va tumanida  aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida amalga oshirilayotgan uy-joylarni xatlovdan o‘tkazish  bilan bog‘liq jarayonlar “S-Iqbol” nodavlat telekanali orqali tasvirga olindi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda respublika boʻyicha 305 211 ta nikoh qayd etilgan boʻlib, 1991-yil maʼlumotlari bilan solishtirilganda 34 941 taga koʻpaygan.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 26,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 98,1 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

Xorazm viloyatida  2022- yilning yanvar-iyul oylarida iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra eng yuqori o‘sish sur’ati moliyaviy xizmatlar sohasida qayd etilgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 125,0 %ni tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida  2022- yil yanvar-iyul oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 266,7 mlrd so‘mga yetib, bozor xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi 4,7 %ni tashkil etgan.

Xorazm viloyatida  joriy yilning 7 oyida norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 825,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida  viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi hajmi (6 644,7 mlrd so‘m)ning hududlari kesimida taqsimlanishi: