Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yil 1- sentabr holatiga respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni:

Urganch shahrida joriy yilning 7 oyida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi  2 012,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan va viloyat umumiy hajmidagi ulushi 35,7 %ga teng bo‘lgan.

 Hazorasp  tumanida   2022- yilning yanvar-iyul oylarida 165,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan bajarilgan ishlar hajmi  86,4 mlrd so‘mga yoki 2 barobarga oshgan.

Joriy yilning   1- sentabr holatiga viloyatimizda  faoliyat yuritayotgan  kichik korxona va mikrofirmalarning hududlar kesimidagi soni:

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi  hajmi 7 748,4 mlrd so‘mni tashkil etib, 2021- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 13,2 %ga oshgan.

Xorazm viloyatida 2022- yilning  1- sentabr holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning eng ko‘pi Turkiya hissasiga to‘g‘ri kelgan va 50 tani tashkil qilgan.

2022- yilning 1- sentabr holatiga viloyatda 2 107 ta qurilish korxonasi faoliyat ko‘rsatgan.

Joriy yilning 15- sentabr kuni  “Xorazm ipagi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida mazkur qonunning targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Davlat statistika organlariga taqdim etiladigan statistik hisobotlar tarkibida dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari bo‘yicha 2-dx «Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida hisobot»ining o‘z vaqtida va sifatli topshirilishiga bevosita mahalla fuqarolar yig‘inlari  mas’ul hisoblanadi.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida respublikamizda jami 165,5 mingta nikoh holatlari qayd etilgan.

2021- yilning yakuni bo‘yicha viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan 72 ta shifoxonadagi o‘rinlar soni 7534 tani tashkil etgan.

Xorazm viloyatida 2022- yilning  1- sentabr holatiga davlat ro‘yxatidan o‘tgan 26 277 ta kichik korxona va mikrofirmalarning 24 376 tasi yoki 92,8 % faoliyat ko‘rsatgan.

2022- yilning 1- sentabr holatiga  viloyatda 5 309 ta oilaviy korxona faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 159 taga yoki 27,9 foizga oshganligi kuzatilgan.

Joriy yilning   1- sentabr holatiga viloyatimizda  faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlarning hududlar kesimidagi soni:

Urganch  tumanida  faoliyat ko‘rsatayotgan 526 ta sanoat korxonasi tomonidan 2022 yilning yanvar-iyul oylarida    475,0 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Yangiariq tumaniga joriy yilning 7 oyida xorijdan 44,5 mln AQSH dollarlik mahsulot (xizmat) lar import qilingan.

Xonqa tumanida 2022- yilning 1- sentabr holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni  2 148 tani tashkil etgan.   

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 7 oyida O‘zbekiston 30 ta xorijiy davlatlardan 22,3 ming tonna sut mahsulotlarini import qilgan.