16/09/2022

Joriy yilning 15- sentabr kuni  “Xorazm ipagi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida mazkur qonunning targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda ishtirok etgan hududiy boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov qonun asosiy mazmun va mohiyatini tushuntirib o‘tdi. Xususan, 7 ta bob va 44 ta moddadan iborat bo‘lgan ushbu qonun orqali amaliyotga yangi tushuncha, ya’ni rasmiy statistika tushunchasi joriy etilgani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, milliy statistika tizimi subyektlari sifatida rasmiy statistika ma’lumotlarini tayyorlashda bevosita ishtirok etuvchi 30 dan ziyod davlat boshqaruvi organlarining huquq, vazifa va majburiyatlari haqida ma’lumotlar berildi.

 

Axborot xizmati