Xorazm viloyatida  shu yilning  9 oyi ichida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi (6 780,8 mlrd so‘m)da iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha eng katta ulush  ishlab chiqaradigan sanoati (23,3 %), qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi (15,2 %) va turar-joy qurilishi (15,0 %) sohalari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Xorazm viloyatida joriy yilning 9 oyida viloyatimizda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan hajmi 289,9 mlrd so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

2022- yil yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda  jami qurilish ishlarining 4,4 %ga teng bo‘lgan 158,4 mlrd so‘mlik ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari amalga oshirilgan.

Xorazm viloyatiga joriy yilning  yanvar– sentabr oylarida  doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlarning soni 5 168 nafarni tashkil etgan bo‘lib, har 1000 aholiga ko‘chib kelish koeffitsiyenti 3,6 promilleni tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 391,3 mlrd so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 3,0 %ini) tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida xorijga qiymati 23,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 135,9 mingta televizor eksport qilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 36,5 ming tonna trikotaj yoki trikotaj matolar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 113,8 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 9 oyida O‘zbekiston havo yo‘llari orqali 3 mln yo‘lovchi tashilgan.

Xorazm viloyatida  2022- yilning yanvar-sentabr oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va  2 937,1 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Viloyatimizda shu yilning 9 oyida  barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan  hajmi 9 584,4 mlrd so‘mlik chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Xorazm viloyatida 2022– yilning yanvar– sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 129,9 ming tonna meva (2021– yilning yanvar– sentabriga nisbatan 103,1 % ) yetishtirilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlari bo‘yicha Hazorasp tumanining chakana savdo tovar aylanmasi  890,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,5 %ga oshgan.

Xorazm viloyatida joriy yilning 9 oyida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 1937,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Xorazm viloyatida  2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 4 637,6 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan, bu shu davrda viloyat bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 62,8%ga tengdir.

Joriy yilning  yanvar– sentabr oylarida  viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari tomonidan avtomobil transporti orqali 308,4 mln yo‘lovchi tashilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyat sanoatida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari hajmi (3 357,6 mlrd so‘m)ning shahar va tumanlar kesimidagi taqsimlanishi:

2022/2023  o‘quv yili boshiga Statistika organlariga taqdim etiladigan “Oliy ta’lim tashkilotining o‘quv yili boshiga” 1 oliy ta’lim shakli (yillik) statistika hisobotini 2022- yil 6- dekabrdan kechiktirmay, “Elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalangan holda avtomatlashtirilgan axborot tizimi – estat 4.0 (http://hisobot.stat.uz/uz/login/) orqali taqdim etishingiz so‘raladi.

Respublikamizda 2022- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar soni 35 646 nafar, jami tadbirkorlik subyektlari ulushining 7,0 foizni (soni 513 333 ta) tashkil etdi va so’nggi besh yilda ularning o‘sish dinamikasi quyidagi ko‘rinishda aks etdi: