27/10/2022

Yoshlar ishlar agentligi bilan hamkorlikda “Yosh mutaxassislarni tanlashning namunaviy dasturi” asosida Davlat statistika qo‘mitasining Yosh mutaxassislarni tanlashning namunaviy dasturi tasdiqlandi.

Amaliyot jarayonlari tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchilar bilan amaliyot shartnomasi asosida tashkil etiladi. Amaliyot uch oydan kam bo‘lmagan hamda bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshirilishi lozim.

Yoshlar ishlari agentligi Yosh mutaxassislarni tanlash Dasturini amalga oshirish jarayonlarini muvofiqlashtiradi. Amaliyotni tashkil etishning zarur tashkiliy-huquqiy choralarini ko‘radi. Qo‘mita amaliyotni tashkil etishning zarur tashkiliy-huquqiy choralarini ko‘radi. Xususan: sinov jarayonlarini adolatli va shaffof tarzda tashkil etadi. Qo‘mita tomonidan davlat xizmatchilari (mutaxassis) vakant shtat birliklarining o‘n foizdan kam bo‘lmagan miqdorida yosh mutaxassislar uchun lavozimlar ro‘yxatini shakllantiradi. Ro‘yxatdagi lavozimlar uchun bitiruvchilarga alohida malaka talablari ishlab chiqiladi. Dastur asosida amaliyotni muvaffaqiyatli tamomlagan, sertifikatga ega bitiruvchilar davlat organlaridagi maxsus komissiya tomonidan o‘tkaziladigan suhbat asosida ishga qabul qilinadi.