Joriy yilning yanvar-sentabr oylari davomida Urganch-Xiva yoʻnalishi boʻyicha trolleybus transportida jami 361,7 ming yoʻlovchi tashilgan boʻlib, mazkur transport turi orqali 1 kunda oʻrtacha 1,3 ming nafar yoʻlovchi oʻz manziliga yetkazilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-  yilning  oktabr oyida respublikamizda 1 942 nafar egizak tug‘ilish holati qayd etilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Shovot tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi  542,3 mlrd so‘mni tashkil etgani holda, uning 78,8 % yoki 427,1 mlrd so‘mini noiste’mol tovarlari savdosi tashkil qilgan.

Shu yilning 9 oyida  Xiva tumanida hajmi 170,7 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2022– yilning 1– oktabr holatiga viloyatda boqilayotgan yirik shoxli qora mollarning umumiy bosh soni 945,2 mingtaga etdi.

2022- yilning 9 oyida viloyatda yetishtirilgan  go‘sht (tirik vaznda) hajmi (133,2 ming tonna)ning hududlar kesimida taqsimlanishi:

Xorazm viloyatida joriy yilning yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida  O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy  kreditlar  hajmi 311,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,0 marta oshgan.

2022- yil 1- yanvar holatiga Xorazm viloyati doimiy aholisi tarkibining jinsi va yosh guruhlari bo‘yicha tahlili, erkaklar tarkibida eng kam aholi soni 60-64 yoshlilar hissasiga to‘g‘ri kelib, 30,3 ming kishini  yoki jami aholining 3,1 %ni tashkil etganini ko‘rsatgan.

Xorazm viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan yirik sanoat korxonalari tomonidan joriy yilning 9 oyida 47 178,1 tonna paxta tolasi ishlab chiqarilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyat YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida sanoatning ulushi 14,6%ni tashkil qilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida xorijdan qiymati  25,9 mln  AQSH dollariga teng bo‘lgan 99 756 dona televizor import qilingan.

2022- yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 15 153 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 870 taga ko‘paygan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda 94,1 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Shu yilning 9 oyida Qo‘shko‘pir tumanida ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining hajmi 370,5 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2022– yilning  yanvar– sentabr oylarida viloyatdagi  barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 397,9 mln dona tuxum (2021–yilning yanvar– sentabriga nisbatan 1,3 % ga kam) ishlab chiqarilgan.

2022- yilning  yanvar-sentabr oylarida viloyatimiz  xorijga qiymati 10,0 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan, 12,1 ming tonna uzum eksportini amalga oshirgan.

Xorazm viloyatida  2022- yilning yanvar-sentabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish tashkilotlarining savdo aylanmasi 1,7 %ni tashkil etib, 148,6 mlrd so‘mga yetgan va 2021- yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan 16,5 %ga oshgan.

Urganch shahrida  2022- yilning yanvar-sentabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 625,2 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.