Urganch tumanida 2023- yilning 1- yanvar holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni  3 239 taga yetdi.

Xorazm viloyatida 2022- yilda kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 189,1 million AQSH dollarini yoki jami importning  35,0 % ini tashkil etdi.

2022- yilda viloyatimizda 144,5 ming t. kartoshka (2021– yilning yanvar–  dekabriga nisbatan 10,8 %ga ko‘p) yetishtirildi.

Shovot tumanida 2022- yilning 12 oyida 602,3 mlrd so‘mlik  asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

Tuproqqal’a tumanida 2022-  yilning yakunlariga ko‘ra  ishlab chiqaradigan sanoatning hajmi 9,4 trln so‘mni tashkil qilgan.

2022- yilda viloyatimizda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 612,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Xorazm viloyatida 2022- yilda bajarilgan fuqarolik obyektlari qurilish ishlari hajmi 1152,5 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga  Xiva shahrining doimiy  aholisi soni  96 967 kishini tashkil qilgan.

2022- yilning 12 oyida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan yirik sanoat korxonalari tomonidan  32,3 ming tonna paxtadan yigirilgan ip ishlab chiqarilgan.

Xorazm viloyatida  2022– yilning yanvar– dekabr oylarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 23 304,0 mlrd so‘mni yoki 2021– yilning mos davriga nisbatan 103,3 %ni tashkil qildi.

2022- yil yanvar-dekabr oylarida Bog‘ot tumanidagi barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 2 370,7 mlrd soʻmlik qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarildi yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʻati 102,3 foizni tashkil qildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Statistika boʻlimining rasmiy veb-sahifasida Barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha ilgʻor tajribalarga ega davlatlarning ushbu sohada

2022- yil yakunlariga ko‘ra, YAIM o‘sishi 5,7 % ga yetdi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YAIM umumiy hajmining 93,2 % ini tashkil etdi va 6,2 % ga o‘sdi. Mahsulotlarga sof soliqlarning YAIM tarkibidagi ulushi 6,8 % ni tashkil etdi va 2021- yil bilan taqqoslaganda 0,8 % ga kamaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 024 946 kishini tashkil etgan.

2022/2023- o‘quv yili boshiga mamlakatimizdagi nodavlat umumta’lim muassasalari soni 194 tani tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2019/2020-  o‘quv yili boshiga nisbatan 103 taga oshganini ko‘rish mumkin. 

2023- yilning 1- yanvar holatiga Xonqa tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2022- yilning mos davriga nisbatan 12,6 %ga oshgan va 2 201 taga yetgan.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatimizdagi umumiy ovqatlanish tashkilotlarining savdo aylanmasi 221,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Xorazm viloyatida  2022– yilning yanvar– dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 459,9 ming t. don yetishtirilgan.