06/02/2023

2023- yilning 3- fevral sanasida viloyat statistika boshqarmasida “Korrupsiyaning  har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz kurash – doimiy kun tartibida bo‘lishi lozim” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminarda barcha tarmoq bo‘limlari  va hududlardagi statistika bo‘limi xodimlari (onlayn) ishtirok etdilar.

Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 11- mayda qabul qilingan “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-240-sonli qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan axborot berib o‘tdi.

Qarorning ijrosi yuzasidan yig‘ilishda elektron formatda topshiriladigan barcha turdagi  statistika hisobotlarini  qabul qilish, qayta ishlash va tahlil  qilish jarayonida shaffoflik va haqqoniylikka e’tibor qaratish tizimdagi har bir xodimning asosiy vazifasi ekanligi alohida ta’kidlandi.

 

Axborot xizmati