01/05/2023

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida me'yoriy-huquqiy hujjatlarning targ‘iboti orqali xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan seminarlar muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Navbatdagi  shu kabi seminar 27- aprel kuni tashkil etildi.
Seminar davomida  “Ma’muriy jarimalarni to‘lashda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 332 (1) moddasiga o‘zgartirish kiritish” haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (2023- yil 4- aprelda qabul qilingan)  mazmun-mohiyati va ahamiyati, qonunchilikdagi boshqa o‘zgarish va yangiliklar bo‘yicha boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan tushuntirishlar berildi.

Seminarda tarmoq bo‘limlari va tuman (shahar) statistika bo‘limlarining boshliqlari hamda xodimlari (onlayn) ishtirok etishdi.

 

 

Axborot xizmati