28/04/2023

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Xonqa tumanida 67,9 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2022- yilning mos  davriga nisbatan  103,1  foizni tashkil etdi.

Hisobot davrida bajarilgan qurilish ishlarining 71,1 foizi yoki 48,3 mlrd so‘mi yangi qurilish ishlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023- yilning dastlabki 3 oyida tumanda umumiy maydoni 13,3 ming kv.metr bo‘lgan uy-joylar foydalanishga topshirildi.

 

 

Axborot xizmati