2023- yilning dastlabki 3 oyida viloyatimizda hajmi 243,7 mlrd so‘mlik fuqarolik obyektlari qurilish ishlari bajarilgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-mart oylarida kichik biznes subyektlari tomonidan 3 268,7 mlrd so‘mlik qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Xorazm viloyatida shu yilning yanvar-mart oylarida ijara xizmatlarining hajmi 43,8 mlrd so‘mni, 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati esa 96,7 %ni tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-mart oylarida avtomobil transportida yo‘lovchi tashish xizmatlarining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 94,7 % ni tashkil etib, 2022- yil yanvar-mart oylariga nisbatan o‘sish sur’ati  102,4 % ni tashkil qildi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra Qo‘shko‘pir tumani qayd etilgan nikohlar soni bo‘yicha viloyatda yetakchilik qilgan bo‘lib, 631 ta nikoh holati qayd etilgan har 1000 aholiga 14,3 promilleni tashkil qilgan.

Joriy yilning  yanvar-mart oylarida  viloyatimiz bo‘yicha  xizmatlar sohasida 371 ta kichik biznes subyektlari  yangi tashkil etilgan.

2023- yilning yanvar-mart oylarida  viloyatimizda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 4 623 tonna sabzavot yetishtirilgan bo‘lib,  mahsulotning asosiy qismi Yangiariq (39,1 %) va Bogʻot  (31,3% ) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023- yilning yanvar-mart oylarida kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi ulushi statistik hisoblarga qaraganda 760,3 mlrd. so‘mni tashkil qilib, 2022- yilning mos davriga nisbatan  o‘sish sur’ati 98,1 %ga to‘g‘ri keldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Xorazm viloyatida  2023– yilning 1– aprel holatiga boqilayotgan parrandalarning umumiy bosh soni 6 548,3 mingtaga yetdi.

Joriy yilning  yanvar-mart oylarida  Bog‘ot tumanining xorijiy davlatlar bilan tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 10,0 mln AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, shuning 77,7 %i (7,7 mln dollari) eksport hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Viloyatimizda 2023- yilning yanvar-mart oylarida chakana tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish korxonalari savdo aylanmasining ulushi 2,8 %ni tashkil etib, 59,7 mlrd so‘mga yetdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 0,6 %ga ko‘paydi.

 Xorazm viloyatida   2023- yilning yanvar-martida YAHM deflyatori indeksi 2022- yilning yanvar-martidagi narxlarga nisbatan 115,8 %ni tashkil etdi.

Xiva shahrida 2023- yilning yanvar-mart oylarida  xizmatlar eksporti hajmi  91,8 ming AQSH dollarini tashkil qilgan.

2023– yilning yanvar– mart oylarida  Xorazm viloyatida  yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari umumiy hajmi (3 194,3 mlrd so‘m)da dehqon xo‘jaliklarining ulushi 87,9 %ni tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida    2023- yil yanvar-mart oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 92,5 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Urganch shahrining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 29,1 mln AQSH dollarini tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,9 %ga ko‘paygan.

Xorazm viloyatida  2023- yil yanvar - mart oylarida  kichik biznes subyektlarining eksportdagi ulushi 56,5 %ni tashkil qilgan.

2023-yil yanvar-mart oylarida respublikada koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi 2 499,0 mlrd. soʻmni tashkil etib, jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 2,6 % ni tashkil etdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 107,6 %ga yetdi.