11/05/2023

Viloyatimizda 2023- yilning yanvar-mart oylarida chakana tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish korxonalari savdo aylanmasining ulushi 2,8 %ni tashkil etib, 59,7 mlrd so‘mga yetdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 0,6 %ga ko‘paydi.

Bunda savdo aylanmasining 96,7 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

2023- yil 1- aprel holatiga Xorazm viloyatida  umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan 1 288 ta tijorat korxonasining 1 287 tasini kichik korxona va mikrofirmalar  tashkil qildi.

 

 

Axborot xizmati