Shovot tumanida 2023- yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqaradigan sanoatning 70,9 %iga teng bo‘lgan 160,7 mlrd so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Bog‘ot tumani sanoatida 42,1 mlrd so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilib, ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 45,1 %ni tashkil etgan.

2023- yil yanvar-mart oylarida Xiva shahrining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 21,1 %ga ko‘paygan va 6,4 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

Urganch shahrida 2023–yilning yanvar-mart oylarida  13,1 mlrd so‘mlik ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, viloyat umumiy hajmidagi ulushi 27,2 %ni tashkil qilgan.

Xonqa tumanida 2023–yilning yanvar-mart oylarida  221,5 tonna sabzavot yetishtirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  2023- yilning 3 oyida  Tuproqqal’a tumanida 71,6 mlrd so‘mlik chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 101,0 %ni tashkil qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-mart oylarida viloyat bo‘yicha eng ko‘p tug‘ilish holatlari Hazorasp tumanida qayd etilgan va  1 168 tani tashkil qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yil yanvar- mart oylarida Yangiariq tumanida 602 ta tug‘ilish holatlari qayd etilgan va tug‘ilish koeffitsiyenti har 1000 aholiga nisbatan 20,2 promillega teng bo‘lgan.

2023- yilning 1- may holatiga viloyatimizda 22 230 ta kichik biznes subyekti faoliyat yuritgan bo‘lib, hududlar kesimida ularning taqsimlanishi quyidagicha bo‘lgan:

Xorazm viloyatida  faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 2023- yil 1- may holatiga 22 513 tani tashkil qilgan.

Urganch tumanida 2023- yilning 1- may holatiga 2 480 ta kichik biznes subyekti faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich jami faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar (2 756 ta)ning 90,0 %ini tashkil qilgan.

Joriy yilning 1- may holatiga Yangibozor tumanida  291 ta oilaviy korxona faoliyat yuritgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning 1- may holatiga sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida  faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 30 taga oshgan va 585 tani tashkil qilmoqda.

Bugun, 18-  may kuni viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U. Bardiyev  Urganch shahridagi “To‘maris-Nur” gipermarketida iste’mol narxlari indeksi (INI) kuzatuvini o‘tkazdi.

Viloyatimiz tuman va shaharlarida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari davom qildirilmoqda.

Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yil 1- yanvar holatiga O‘zbekistondagi muzeylar soni 134 tani tashkil etib, ularga 2022-  yil davomida 6500,9 ming kishi tashrif buyurgan.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha moliyaviy xizmatlar sohasida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmining oʻsish surʼati 116,9 % ni tashkil etdi.

2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 1649,0 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi va ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 60,7 % ini tashkil qildi.