2023- yil yanvar-iyun oylarida Qo‘shko‘pir tumanida 217,6 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Yangibozor  tumanida 2023 yilning yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga  125,5 mlrd so‘mlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kafolatlanmagan kreditlar o‘zlashtirilgan.

2023– yilning yanvar– iyun oylarida Shovot tumanida 745,3 mlrd so‘mlik chorvachilik mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,0 %ni tashkil qilgan.

2023- yil 1- avgust holatiga ko‘ra  Xorazm viloyatida  4 844 ta oilaviy korxona faoliyat yuritib, 2019- yilning mos davriga nisbatan ularning soni 2 673 taga ko‘paygan.

2023- yilning  1- avgust holatiga Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan 26 301 ta korxona va tashkilotning 23 119 tasini kichik korxona va mikrofirmalar tashkil qilgan.

2023- yil yanvar-iyul oylarida  viloyatimizda 3 727 ta yangi kichik biznes subyekti tashkil etilgan.

2023- yil 1- avgust holatiga viloyatimizda ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 33 948 tani tashkil etib, shundan 26 301 tasi faoliyat ko‘rsatgan.

Joriy yilning 11- avgust kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Huquqiy targ‘ibot” tadbiri doirasida avgust oyining birinchi o‘n kunligida mamlakatimizda qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Viloyatimizning barcha hududlarida avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan 4-TJ (turar joy) uy joylarning tanlanma kuzatuvlari olib borilmoqda.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning iyul oyida tayyor ovqatlarni yetkazib berish xizmatlarining narxlari iyun oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 1,1 % ga oshgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb 29,2 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 4,7 mlrd AQSH dollariga yoki 19,4 % ga oshgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot va xizmatlar eksporti hajmi 99,1 mln AQSH dollarini tashkil etgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 50,1 %ga ko‘paygan.

Xorazm viloyatida shu yilning yanvar-iyun oylarida  savdo sohasida 1 386 ta yangi kichik biznes subyektlari tashkil etilgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyati xorijga qiymati  42,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.

2023- yilning 6 oyida viloyat importining o‘sishi tahlil qilinganda, 2022- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’ati mineral yoqilgʻi, yogʻlash moylari va shunga oʻxshash materiallari importida qayd etilgan va 194,5 %ni tashkil qilgan.

2023- yil yanvar-iyun oylarida  Xiva tumanida faoliyat yuritayotgan 291 ta sanoat korxonasi tomonidan hajmi 224,9 mlrd so‘mlik mahsuloti ishlab chiqarilgan.

2023- yil yanvar-iyun oylarida viloyatimizda  2361,8 mlrd so‘mlik dehqonchilik mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning 6 oyi bilan solishtirilganda o‘sish sur’ati 110,7 %ni tashkil etgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Xonqa tumanida asosiy kapitalga hajmi 213,2 mlrd so‘mlik markazlashmagan investitsiyalar o‘zlashtirilgan.