2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra  Xorazm viloyati xorijga qiymati 1,0 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,2 ming tonna uzum eksport qilgan.

2023- yilning  1- iyul holatiga Xorazm viloyatidagi jami parrandalarning 28,1 %i yoki 1920,8 ming boshi qishloq xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023– yilning 1– iyul holatiga ko‘ra Xorazm viloyatida mavjud otlarning umumiy bosh soni 5,5 mingtaga yetdi.

 2023- yilning yanvar-iyun oylarida Xonqa tumanida 173,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

Xorazm viloyatida joriy yilning 6 oyida 304,1 ming tonna bug‘doy yetishtirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan hosil hajmi 44,3 ming tonnaga ko‘paygan yoki 17,1 %ga oshgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 9669,6 mlrd so‘mni tashkil etib, uning tarkibida fermer xo‘jaliklarining ulushi 15,5 % darajada kuzatilgan.

Bugun, 14- avgust kuni viloyat statistika boshqarmasi Narx statistikasi bo‘limi boshlig‘i Sh.Bobojonov va Urganch shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Davletovlar shahardagi “To‘maris-Nur” gipermarketida iste’mol narxlari indeksi (INI) kuzatuvini o‘tkazdilar.

Xorazm viloyatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida avtomobil transporti yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 82,7 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha jami 1 020,0 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirildi. Ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 105,0 %ni tashkil etdi.

2022/2023- o‘quv yili boshida respublikamizdagi nodavlat umumtaʼlim tashkilotlaridagi o‘qituvchilar soni 5 014 nafarni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2017/2018-o‘quv yilining mos davriga nisbatan taqqoslaganda 5,5 barobarga oshganini ko‘rish mumkin.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida kichik biznes subyektlari tomonidan 1842,1 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot va xizmatlar importi hajmi 106,6 mln AQSH dollarini tashkil etgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24,8 %ga ko‘paygan.

Xorazm viloyatida shu yilning 1- iyul holatiga boqilayotgan qo‘y va echkilar soni 2022- yilning mos davriga nisbatan 22,7 mingtaga oshgan va 481,2 mingtaga yetgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Tuproqqal’a tumanining doimiy aholisi soni 58486 kishini tashkil qilgan.

2023- yilning 6 oyida Xiva tumanida 903 ta tug‘ilish holatlari qayd etilgan.

2023- yil yanvar-iyun oylarida  Xiva  shahrida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 295,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Urganch shahrida asosiy kapitalga hajmi 994,5 mlrd so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, uning 14,9 %i yoki 147,8 mlrd so‘mini markazlashgan investitsiyalar tashkil qilgan.

Gurlan tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 2023- yilning yanvar-iyun oylarida 415,1 mlrd so‘mni tashkil etgan.