2023-yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 598,1 mlrd. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 105,8 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, Xorazm viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 59,6 %,  transfertlardan olingan daromadlar 33,5 % hamda  shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlar va mol-mulkdan olingan daromadlar 6,9 % tashkil etgan.

Viloyatimizda 2023- yilning yanvar-iyul oylarida 579 ta yangi oilaviy korxona tashkil etilgan.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida  Xorazm viloyatida 2 539 ta yangi mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etilgan.

2023- yil 1- avgust holatiga ko‘ra, viloyatimizda tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 070 tani tashkil etgan.

Joriy yilning 1- avgust holatiga viloyatimizda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 2 623 tani tashkil etgan.

2023- yil yanvar-iyul oylarida viloyatimizda yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari soni 3 739 ta bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ularning soni 310 taga oshgan.

2023- yilning 1- avgust holatiga Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning (dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) hududlar kesimida taqsimlanishi:

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyul oylarida Xorazm viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi 6 020,9 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning  yanvar-iyul oylariga nisbatan 103,1 % ga yetdi.

Xorazm viloyati joriy yilning yanvar-iyun oylarida Xitoy Xalq Respublikasidan qiymati 52,0 mln AQSH dollarlik mahsulot (xizmatlar) importini amalga oshirgan.

2023- yil yanvar-iyul oylarida  Xorazm viloyati xorijga 42,1 mln AQSH dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra  Xorazm viloyati xorijga qiymati 10,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 13,2 ming tonna  meva va rezavorlarni eksport qilgan.

2023– yilning 1- iyul holatiga Shovot tumanining doimiy aholisi soni 178 120 kishini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 %ga ko‘paygan.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra  Tuproqqal’a tumanida viloyat sanoatining 50,1 %iga teng bo‘lgan 4827,4 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2023- yilning  yanvar-iyun oylarida Yangibozor tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan 196 ta sanoat korxonasi tomonidan hajmi 212,1 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

2023– yilning yanvar-iyun oylarida Gurlan tumanida 122,1 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Xiva tumanida asosiy kapitalga 232,5 mlrd so‘mlik markazlashgan investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

Joriy yilning 6 oyida Xiva shahrida umumiy hajmi 115,9 mlrd so‘mlik asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan.