2023- yilning yanvar-avgust oylarida Xiva tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 248,9 mlrd so‘mga teng bo‘lgan.

2023- yilning yanvar-avgust oylarida  Urganch tumanida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 621,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Xiva shahrida hajmi 381,3 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,8 %ni tashkil qilgan.

 Yangibozor tumanida joriy yilning yanvar-avgust oylarida 303,8 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.

2023- yilning dastlabki 8 oyi yakunlariga ko‘ra, Qo‘shko‘pir tumanida mavjud sanoat korxonalari tomonidan 231,1 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Bog‘ot tumanida shu yilning yanvar- avgust oylarida 154,4 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

2023- yilning yanvar-avgust oylarida Gurlan tumanida 330,8 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

2023- yilning  1- oktabr holatiga  viloyatimizda  5 104 ta xususiy  korxona faoliyat yuritgan.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan xususiy korxonalar soni 716 taga yoki 12,3 %ga kamaygan.

2023- yilning  yanvar-sentabr oylarida viloyatimiz bo‘yicha 5 609 ta yangi kichik tadbirkorlik subektlari tashkil etilgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida tashish va saqlash bo‘yicha xizmatlar sohasida 740,4 mlrd so‘m miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,0 % ga yuqoridir.

Urganch shahrida shu yilning yanvar- avgust oylarida 771,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

2023- yilning yanvar-avgust oylarida Xonqa tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 453,8 mlrd so‘mga teng bo‘lgan.

2023- yilning yanvar-avgust oylarida Hazorasp tumani sanoatida 230,2 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lib, umumiy hajmning  151,4 mlrd so‘mi (65,8 %i)ni to‘qimachilik mahsulotlari tashkil qilgan.

2023- yilning  1- oktabr holatiga Xorazm viloyatida  34 711 ta korxona va tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, shundan 27 331 tasi (78,7 %) faoliyat yuritgan.

Joriy yilning 10- oktabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A. O'tamuratov  Xiva shahridagi "Qiyot" mahallasida, boshliq o‘rinbosari U.Bardiyev Urganch tumanining "Orzu" mahallasida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvini o‘tkazish jarayonlarida ishtirok etdilar.

Xorazm viloyatining barcha hududlarida narx kuzatuvlari davom etmoqda. 2023- yilning 10- oktabr kuni ana shunday kuzatuvlardan biri viloyatning Xonqa tumanida  o‘tkazildi.

Joriy yilning 6- oktabr kuni “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida” 2023- yil 13- sentabrda qabul qilingan OʻRQ-868-sonli Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajanov tomonidan seminar yigʻilishi oʻtkazildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida FHDYO organlari tomonidan respublika boʻyicha jami 627256 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan boʻlib, jami tugʻilganlar tarkibida 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar farzandlari ulushi quyidagicha: