16/10/2023

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Xonqa tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 42,6 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan savdo hajmining o‘sish sur’ati 134,5 % darajani qayd etdi.

TSA tarkibida eksport – 24,3 mln dollarga, import – 18,3 mln dollarga teng bo‘lgan.

Eksport bo‘yicha yuqori ulush oziq-ovqat mahsulotlari (66,2 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, import hajmida mashina va transport asbob-uskunalarining ulushi 89,4 %ni tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati