16/10/2023

Yangiariq tumanida shu yilning yanvar- avgust oylarida 131,4 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Bajarilgan qurilish ishlari hajmining  52,7 %i yoki 69,2 mlrd so‘mi norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Norasmiy sektor tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmida:

yangi turar - joylar qurilishi ishlari – 50,2 mlrd so‘mni,

yangi noturar-joylar qurilishi ishlari – 13,0 mlrd so‘mni,

turar-joylarni ta’mirlash ishlari – 6,0 mlrd so‘mni tashkil qilgan.


Axborot xizmati