Xorazm viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 2023- yilning 1- avgust holatiga 23 249 tani tashkil qilgan.
2019- yilning mos davriga nisbatan ular sonining o‘sish sur’ati 158,8 % ( 8 607 ta)ni tashkil etdi.
Tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) :
savdo – 38,5 %
sanoat – 17,1 %
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 11,2 %
qurilish – 7,4 %
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 6,7 %
tashish va saqlash – 4,6 %
axborot va aloqa – 1,5 %
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 2,2 %
boshqa turlari – 10,8 %.
Axborot xizmati