28/10/2022 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 1- oktabr holatiga viloyat bo‘yicha 1 kv.km. yer maydoniga 322 kishi to‘g‘ri kelgan.
28/10/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar- sentabrida kichik tadbirkorlik subyektlarining viloyat YAHM hajmidagi ulushi 71,9 % ni tashkil etgan.
Viloyatda joriy yilning 9 oyida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmida dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik hamda ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlari 97,4 % (16 042,6 mlrd so‘m), o‘rmon xo‘jaligi 0,7% ( 105,4 mlrd so‘m) va baliqchilik xo‘jaligi 1,9 % (318,7 mlrd so‘m) ulushga ega bo‘lgan.
28/10/2022 • So'nggi yangiliklar
2022 – yilning yanvar– sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 16 466,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
28/10/2022 • So'nggi yangiliklar
Bugun, 28- oktabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi seminar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 14- oktabrdagi 595-sonli “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-ahloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining asosiy mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlandi.
Yoshlar ishlar agentligi bilan hamkorlikda “Yosh mutaxassislarni tanlashning namunaviy dasturi” asosida Davlat statistika qo‘mitasining Yosh mutaxassislarni tanlashning namunaviy dasturi tasdiqlandi.
21/10/2022 • So'nggi yangiliklar
Multindikator klaster kuzatuvi (MICS) natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda faqatgina 5 % otalar farzandlarining ta’lim jarayonlarida ishtirok etadi. Bu haqda poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida Davlat statistika qo‘mitasi hamda BMT xalqaro bolalar jamg‘armasi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida o‘tkazilgan “Multiindikator klaster kuzatuvlarining dastlabki natijalari” mavzusiga bag‘ishlangan taqdimot yig‘ilishida axborot berildi.
2022- yilning yanvar- sentabr oylarida viloyatda bajarilgan qurilish ishlari hajmi (3 602,3 mlrd so‘m) tarkibida davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 160,1 mlrd so‘mlik, nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 3412,2 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
21/10/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning 1- oktabriga viloyatda tashish va saqlash sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 995 taga yetgan.
21/10/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yakunlari bo‘yicha viloyatimiz jahonning 122 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.
21/10/2022 • So'nggi yangiliklar
Bugun, 21- oktabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida har haftaning juma kunlari o‘tkazib kelinayotgan “Huquqiy bilimlarni oshirish kuni” doirasidagi navbatdagi tadbir tashkil etildi.
21/10/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning 20- oktabr kuni Urganch shahridagi Al-Xorazmiy nomli mahalla fuqarolar yig‘inida Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan navbatdagi targ‘ibot seminari tashkil etildi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022- yilning sentabr oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni:
20/10/2022 • So'nggi yangiliklar
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 13 136,2 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 115,9 %ni tashkil etdi.
20/10/2022 • So'nggi yangiliklar
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yil 1- oktabr holatiga viloyatning doimiy aholi soni 1947,1 ming kishini tashkil etgan.
20/10/2022 • So'nggi yangiliklar
Xorazm viloyatida 2022- yilning yanvar- sentabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilning mos davriga nisbatan 104,1 % ga oshgan va 1 814,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.
2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakuni boʻyicha viloyatning tashqi savdo aylanmasi hajmi 591,6 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 219,4 mln AQSH dollariga yoki 59,0 %ga ko‘paygan.
Xorazm viloyatida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida yashash va ovqatlanish sohasidagi xizmatlarning hajmi 179,2 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,6 %ga yoki 45,0 mlrd so‘mga ko‘paygan.
423-sahifa 554 dan