21/12/2023

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 57,3 mlrd AQSH dollariga etgan.



Tashqi savdo aylanmasi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 26,2 % ga oshgan.

 Eksport – 23,2 mlrd (30,6 % ga oshgan)

 Import – 34,1 mlrd (23,3 % ga oshgan)

O‘zbekiston 2023- yilning yanvar-noyabr oylarida jahonning 199 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (21,3 %), Rossiya (15,5 %), Qozog‘iston (7 %), Turkiya (5 %) va Koreya Respublikasida (3,7 %) qayd etilgan.

 

  Matbuot xizmati