2023- yilning 1- noyabr holatiga viloyat bo‘yicha  1 129 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan bo‘lib, ularning hududlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha bo‘lgan:

2023- yilning yanvar-oktabr oylarida Urganch tumanida 782,4 mlrd so‘mlik  sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, shundan 63,2 %i yoki 494,8 mlrd so‘mi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Joriy yilning 10 oyida Xonqa tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 605,5 mlrd so‘mni tashkil etib, viloyat umumiy hajmidagi ulushi 6,4 %ga teng bo‘lgan.

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida Urganch  shahrining ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 2,7 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lib, 2022- yilning shu davri bilan taqqoslaganda 469,8 mlrd so‘mga yoki 9,7 %ga oshgan.

2023- yilning yanvar-oktabr oylarida Yangiariq tumani korxonalari tomonidan 459,0 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning  yanvar-sentabr oylarida Yangibozor tumanida asosiy kapitalga 322,1 mlrd so‘mlik investitsiya o‘zlashtirilgan bo‘lib, umumiy hajmda kichik biznesning ulushi 95,5 %ni tashkil qilgan.

2023- yilning 5- dekabr sanasida viloyatimizning Xonqa tumanidagi dehqon bozorida 5 narx (o‘rtacha) haftalik kuzatuvi olib borildi.

Shu yilning 5- dekabr kuni Urganch shahar statistika bo‘limi xodimlari ishtirokida “9- dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan seminar bo‘lib o‘tdi.

2023-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 13 851,2 ming boshni (2022-yil 1-oktabr holatiga nisbatan 102,0 %), shundan, sigirlar – 4 942,6 ming boshni (101,6 %), qoʻy va echkilar – 23 850,7 ming boshni (102,3 %), otlar – 271,8 ming boshni (102,9 %) hamda parrandalar – 97 166,8 ming boshni (106,5 %) tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarining  dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, respublika aholisining umumiy daromadlari tarkibida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 28,7 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davrida 27,4 %ni tashkil etgan.

📊  2023- yilning  10 oyi yakunlariga ko‘ra, Shovot tumanida norasmiy sektor tomonidan 119,9 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlarining 50,5 %ini tashkil etgan.

Joriy yilning  yanvar-oktabr oylarida viloyatimizdan xorijga 257,4 mln AQSH dollari qiymatidagi  tovar va xizmatlar eksport qilingan.

2023- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatimizning tashqi savdo tovar aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 32,4 %ni yoki 243,7 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

2023- yilning 1- noyabr holatiga viloyatimizda faoliyat yuritayotgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi  134 ta korxonalarning iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra tarkibi:

2023- yilning yanvar-oktabr oylarida Gurlan tumanida 251,0 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

2023- yilning yanvar-oktabr oylarida Tuproqqal’a tumanining  sanoat ishlab chiqarish hajmi 9,2 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,3 % darajada qayd etilgan.

2023- yilning 1- noyabr holatiga viloyatimizda  14 169 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlari faoliyat yuritib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ular sonining o‘sish sur’ati 103,6 %ni tashkil qilgan.

2023- yilning 1- noyabr holatiga Yangibozor tumanida 1 300 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan .