2023- yilning 19- dekabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi I.Polvonova ishtirokida Urganch shahridagi ixtisoslashtirilgan san’at maktabida seminar tashkil etildi.
Ushbu seminar o‘quvchilar o‘rtasida bo‘lajak tadbirning targ‘ibotiga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonni tashkil etishning tartibi xususida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzuga oid savollariga javob berildi.
Axborot xizmati