2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Gurlan tumanida 1 516,8 mlrd so‘mlik qishloq,o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Bog‘ot tumanida umumiy hajmi 309,4 mlrd so‘mlik asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-oktabr oylarida viloyat bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 8 312,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Xorazm viloyatida 2022- yilning 1- noyabr holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 13 681 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 269 taga yoki 19,9 foizga oshgan.

Xorazm viloyatida 2022- yilning 1- noyabr holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni  o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 591 taga yoki 14,5 %ga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 40,1 mlrd AQSH dollariga etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston qiymati 903,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,4 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida respublikaning mehnat koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Yangiariq tumanida  faoliyat ko‘rsatayotgan 114 ta qurilish tashkiloti tomonidan 185,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

2022– yilning 1– oktabr holatiga Tuproqqal’a tumanining doimiy aholisi soni  57,5 ming kishini tashkil etgan bo‘lib, 2021- yilning shu davriga nisbatan 2,5 % oshgan.

Xorazm viloyati 2022- yilning 9 oyida xorijga 31,1 mln AQSH dollari qiymatidagi turli xil tayyor buyumlarni eksport qilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizga  xorijdan 152,3 mln AQSH dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari import qilingan.

2021/22- o‘quv yili boshiga viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 6 ta oliy ta’lim muassasasida  ta’lim olayotgan talabalar soni 28 741 nafarni tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida  joriy yilning 10 oyida  5 097 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan bo‘lib, ularning hududlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha bo‘lgan:

Shu yilning  9 oyi yakunlari bo‘yicha viloyat YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida  xizmatlar sohasining ulushi  34,7%ni tashkil qilgan.

2022- yilning 1- noabr holatiga viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 28 393 taga yetgan.

Joriy yilning 15-16- noyabr kunlari viloyatimizning  narx kuzatuvlari dislokatsiyasiga kirgan bir qator hududlarida istemol mahsulotlari narx indeksi kuzatuvlari o'tkazildi.

Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil 11- oktabrdagi 10-mb-sonli qarorining 47- ilovasiga muvofiq, 1-nh shakli (yilda bir marta) davlat statistika hisobotini 2022- yilning 16- dekabridan kechiktirmay topshirishingiz so‘raladi.