2023- yilning yanvar-aprel oylarida Urganch shahrida faoliyat yuritayotgan 382 ta qurilish tashkiloti tomonidan 300,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Joriy yilning yanvar-aprel  oylarida  Urganch tumani sanoatida 4,6 mlrd so‘mlik mebel ishlab chiqarilgan bo‘lib, sanoatdagi ulushi 1,4 %ni tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-aprel  oylarida  Xiva tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi 7,3 mln AQSH dollarini tashkil etgan.

Gurlan tumanida  2023– yilning yanvar-aprel oylarida 59,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Xiva shahrida 2023- yilning yanvar-aprel oylarida ko‘rsatilgan  bozor xizmatlarining umumiy hajmi  167,8 mlrd so‘mni tashkil qilgan va 2022- yil  shu davriga nisbatan  13,5  %ga oshgani kuzatildi.

Joriy yilning 7- iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X. Egamov va Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi intervyuyeri A. Qurbonovlar Bog‘ot tumani, “O.Otajonov” mahallasidan tanlanma kuzatuv dislokatsiyasiga tushgan fuqaro K.Odamova xonadonida kuzatuv o‘tkazdilar.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar-aprel oylarida 12 ta xorijiy davlatga qiymati 14,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan.

2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda 1 088 mehmonxona faoliyat yuritib (oʻtgan yil bilan taqqoslaganda 5,2 % koʻpaygan), 2,2 mln. kishiga xizmat koʻrsatgan.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida turistik agentliklar, turoperatorlar xizmatlari, bron qilish va u bilan bogʻliq boshqa xizmatlar hajmi 152 783,0 mln. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 103,2 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Xorazm viloyati boʻyicha 514,5 mlrd. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar ishlab chiqarish sanoatida oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 30,8 % ni tashkil etdi. Ulardan 476,4 mlrd. soʻmi xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan oʻzlashtirilib, jamiga nisbatan ulushi 56,3 % ni tashkil etdi.

2023- yil  yanvar-aprel oylarida  Yangibozor tumanining sanoat ishlab chiqarish hajmi 141,5 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2023- yil yanvar-aprel oylarida Qo‘shko‘pir tumanida  190,4 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,9%ni tashkil qilgan.

Xonqa tumani sanoatida 2023- yilning yanvar-aprel oylarida  hajmi 4,6 mlrd so‘mlik rezina va plastmassa buyumlari ishlab chiqarilgan.

Shovot tumanida joriy yilning dastlabki 4 oyida 285,0 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Hazorasp tumanida  2023- yilning yanvar-aprel  oylarida 266,2 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, tumanning viloyat umumiy hajmidagi ulushi 7,3 %ni tashkil etgan.

Xiva shahrida 2023- yilning 1- may holatiga 50 ta sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tashkilotlari faoliyat yuritib, ular tomonidan hajmi 1,7 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.

2023- yil 1- may holatiga Tuproqqal’a tumanida davlat ro‘yxatidan o‘tgan tijorat korxonalari soni 706 tani tashkil etgan.

2023- yil 1- may holatiga Bog‘ot tumanida 445 ta oilaviy korxona faoliyat yuritgan.