Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida Bog‘ot tumanida 462,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, viloyat umumiy hajmida tumanning ulushi 2,7 %ni tashkil qildi.
Hudud sanoat ishlab chiqarishida to‘qimachilik mahsulotlari yuqori ulushga ega bo‘lgan va 53,4 % (247,2 mlrd so‘m)ni tashkil etgan.
Ishlab chiqarish hajmining 58,6 %i yirik korxonalar, 28,8 %i kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati