Xorazm viloyatining barcha hududlarida narx kuzatuvlari davom etmoqda.
2024- yilning 9- yanvar kuni navbatdagi 5 narx (o‘rtacha) haftalik kuzatuvi Xiva shahrida olib borildi.
Kuzatuv jarayonida viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev ishtirok etib, narx kuzatuvi jarayonida hududiy statistika bo‘limi mutaxassislari (narx registratorlari)ga sotilayotgan oziq va nooziq-ovqat mahsulotlarining minimal, maksimal hamda o‘rtacha narx ko‘rsatkichlarini kuzatish va planshetlarga qayd etish davomida narxlarning shaffofligiga asosiy e’tiborni qaratishga doir zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.
Axborot xizmati